GDG DevFest-2023

Konferensiya tashabbuskori GDG Tashkent mahalliy dasturchilar hamjamiyati va “IT Ta’lim Uyushmasi” NNTdir. Toshkentdagi DevFest so‘nggi besh yil davomida o‘tkazib kelinmoqda va O‘zbekistondagi dasturchilar uchun eng yirik va mashhur tadbirlardan biriga aylandi.