Yangiliklar

Yangiliklar

Yangiliklar
image

TADQIQOT: O‘ZBЕKISTONDA 97% AHOLI RAQAMLI KO‘NIKMALARNI MUVAFFAQIYAT KALITI DЕB HISOBLAYDI

21-iyul kuni O‘zbekistonda raqamli savodxonlikni oshirish, IT ta’limni rivojlantirish va kelajak kasblariga tayyorgarlikni kuchaytirish maqsadida "IT va raqamli ta’limni rivojlantirish forumi" tashkil etildi.

Forum doirasida sohadagi eng dolzarb masalalar muhokama qilinib, yangi tadqiqot natijalari e’lon qilindi.

Forum “O‘zbekistonda IT va raqamli ta’lim landshaftini yaxshilash: Tadqiqot bosqichi” loyihasining natijalariga bag'ishlangan bo'lib, O‘zbekistonning raqamli ta’lim va IT sohasidagi ishchi kuchini rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli tashabbusning bir qismidir.

Loyihaning asosiy maqsadlari O‘zbekistonda IT va raqamli savodxonlikni oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlar – jumladan, yoshlar, qishloq aholisi, ayollar, nogironlar va kam ta’minlangan oilalar vakillarining IT ko‘nikmalari darajasini aniqlash.

IT Ta’lim Uyushmasi va Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi hamkorligida amalga oshirilgan mazkur loyiha O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot sari bosqichma-bosqich harakat qilish jarayonida aholining raqamli savodxonligini oshirish va IT sohasida sifatli ta’limni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

👉Batafsil: link

Faoliyatimizda yana bir muhim yangilik!

Joriy yilda ilk bor O‘zbekiston mezbonlik qilgan BMT Davlat Xizmati Forumi (UNPSF 2025) – davlat boshqaruvi sohasidagi eng nufuzli xalqaro tadbiri tashkilotchilaridan biri sifatida IT Ta’lim Uyushmasi ham ishtirok etdi! Bu bizning raqamli boshqaruv va IT sohasida olib borayotgan faoliyatimiz xalqaro darajada e’tirof etilayotganidan dalolat beradi.

O’tgan hafta 23–25-iyun kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Forumda Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi, Afrika, shuningdek Samoa va Butan kabi davlatlardan kelgan vazirlar, davlat xizmatlari rahbarlari, xalqaro ekspertlar, ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor vakillari qatnashdi.

“2030-yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini jadallashtirish” mavzusidagi Forumda muhokama qilingan yo‘nalishlar: raqamli davlat xizmatlari, sun’iy intellekt, "so‘nggi milya"ga yetib borish, innovatsion boshqaruv yechimlari va boshqalar.

Forum doirasida O‘zbekistonning raqamli transformatsiya bo‘yicha yutuqlari, shu jumladan my.gov.uz, raqamli ekotizimlar, GovTech tashabbuslari va sun’iy intellekt yordamchilari xalqaro mehmonlarga namoyish etildi.

💬 Ushbu tadbir nafaqat mamlakatimizning raqamli salohiyatini ko‘rsatdi, balki global miqyosda hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajriba almashish va O‘zbekiston IT sohasining yuksalayotganini yana bir bor tasdiqladi.

IT Ta’lim Uyushmasi jamoasi, bunday yirik xalqaro maydonlarda O‘zbekiston IT sektorini ifodalash va uni rivojlantirishda davom etadi!

Oʻzbekiston yoshlari uchun dunyo darajasidagi IT ta’lim endi bepul bo’ladi

IT Ta’lim Uyushmasi AQShning Strategeast kompaniyasi bilan Oracle University va Oracle Academy ta’lim dasturlarini O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha memorandum imzoladi.

Oʻzbekiston yoshlari endi dunyo bozorida eng talabgir yoʻnalishlar boʻyicha bepul oʻqish va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega boʻlish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Endilikda yoshlar: ✅Sun’iy intellekt (AI) ✅Mashinali oʻrganish (ML) ✅Dasturlash (Java, Python, va boshqalar) ✅Ma’lumotlar tahlili (Data Analytics) ✅Bulutli texnologiyalar (Cloud Computing) va boshqa zamonaviy IT yoʻnalishlarda o’qish imkoniga ega bo’ladilar.

Oracle – bu dunyodagi eng yirik texnologik kompaniyalardan biri. Ulning ta’lim platformalari (Oracle University va Oracle Academy) global miqyosida yuqori baholangan va ish beruvchilar tomonidan keng e’tirof etilgan.

Ushbu hamkorlik tufayli Oʻzbekiston yoshlari global IT bozorida raqobatbardosh bilim va koʻnikmalarga ega boʻlib, nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro kompaniyalarda ham faoliyat yuritish imkoniga ega boʻladi.

Tez orada dasturning rasmiy ochilish sanasi, ro‘yxatdan o‘tish tartibi e’lon qilinadi.

Dunyoning 1500 dan ortiq soha yetakchilari ilg‘or texnologiyalarni muhokama qilish uchun O'zbekistonga yig'ildilar

19-20-may kunlari poytaxtimizning Xalqaro forumlar saroyi hamda Intercontinental Tashkent mehmonxonasida Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlarining 1500 dan ortiq texnologiya sohasidagi ekspertlari va mutaxassislarini birlashtirgan “Huawei Tech Carnival & Partner Summit 2025” bo’lib o’tdi.

"Intellektual dunyoni jadallashtirish" mavzusidagi mazkur tadbir O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan bo'lib, mintaqaning raqamli transformatsiyasida intellektual texnologiyalar imkoniyatlarini o‘rganishni ko'zda tutdi.

Tadbir doirasida Huawei tarmoq summiti, "Huawei Cloud TechWave" bulutli yechimlar sammiti, "Digital Goverment" Raqamli hukumat Forumi, Moliyaviy Forum, Raqamli energetika hamda Ta'lim Forumlari o‘tkazilib, unda biznes rahbarlari raqamli infratuzilma holati va istiqbollarini muhokama qilindi.

Tadbirda Saudiya Arabistoni, Arab Amirliklari, Ozarbayjon, Gruziya va boshqa MDH mamlakatlari, shuningdek Quvayt, Qatar, Bahreyn, Ummon, Iordaniya, Qozog'iston va Iroq mamlakatlari hamda Huawei'ning turli mamlakat vakillari ishtirok etishdi.

Sammitda 50 dan ortiq maydonlarini o'z ichiga olgan texnologiyalar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ishtirokchilar sun’iy intellektga asoslangan tarmoqlar, yangi avlod bulutli arxitekturalari, optik texnologiyalar hamda kompleks raqamli yechimlari bilan tanishish imkoniga ega bo’ldi.

Coursera Day: ta’lim va mehnat bozoridagi tendensiyalar muhokama etildi

Bugun, 15-may kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Ta'lim Uyushmasi, Raqamli Ta'limni Rivojlantirish markazi hamda Coursera platformasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda sun’iy intellekt, ta’lim va mehnat bozoridagi yangiliklar muhokama etildi.

100 dan ortiq yoshlarni qamrab olgan mazkur tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov 300dan ortiq xalqaro universitetlar hamda kompaniyalarning dasturlarini o’z ichiga olgan Coursera ta’lim platformasi yordamida kelajak kasblarida ta’lim olish, IT yo’nalishida xalqaro darajada ta’lim sertifikatlarini qo’lga kiritish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

Coursera ta’lim platformasi vakillari — kompaniyaning mintaqaviy direktori Larisa Vitkroft hamda katta menejeri Vera Ignateva ishtirok etib, Xalqaro oliy ta’lim va mehnat bozori tendensiyalari hamda Coursera kurslaridan samarali foydalanish va o’qitish metodlari haqida taqdimotlar qilishdi.

Shuningdek Coursera kurslarini o‘quv dasturiga integratsiyalash, Sun’iy intellekt va kelajak o‘quv dasturlari mavzusida panel muhokamalar bo’lib o’tdi.

Ma’llumot o’rnida aytish joizki, Global Skills 2024 hisobotida O’zbekiston kadrlarni tayyorlashga sarmoya kiritayotgan mamlakatlar orasida hamda Coursera foydalanuvchilari bo’yicha MDHda 1-o’rinda turibdi.

2023-2024-yillarda 1,2 mlndan ortiq yoshlar 8 ta IT mutaxassisligi bo’yicha bepul kurslarda tahsil olib, 400 ming nafar yoshlar xalqaro darajadagi IT sertifikatlarni qo’lga kiritgan.

2025-2026-yillarda esa 1 milliondan ortiq yoshlarni 5 ta yo’nalish bo’yicha bepul o’qitib, 30 mingdan ortiq yoshlar professional darajadagi xalqaro IT sertifikatlarga o’qitilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda Coursera ta’lim platformasida yuqori natijalarga erishgan eng faol talabalar taqdirlandi.

🌳“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Parkentdagi IT shaharchada 500 tup ko’chat ekildi

Bugun IT Ta’lim Uyushmasi jamoasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Raqamli ta’limni rivojlantirish Markazi xodimlari bilan birgalikda Parkent tumanida joylashgan IT shaharcha hududida bog’ yaratish maqsadida 500 tup mevali daraxt ko’chatlari ekdilar.

Umummilliy loyiha doirasida tashkil etilgan mazkur aksiya yurtimizda yashil hududlarni muhofaza qilish hamda 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili”ga hissa qo’shish maqsadida o’tkazildi.

Oilalari bilan tadbirda qatnashgan ishtirokchilar yurtimizning yashil makonga aylanishiga hissa qo’shish bilan birgalikda tabiat qo’ynida oilaviy hordiq chiqarish imkoniga ega bo’ldilar.

_📢Darvoqe, agar sizda ham daraxt ekish istagi bolib biroq bunga vaqtingiz bo’lmasa, bu ishni boshqalar siz uchun qilishi mumkin! _

Davlat va nodavlat tashkilotlari hamda Ekologiya sohasi mutaxassislari bilan hamkorlikda har bir inson bemalol o’ziga qulay yo’l bilan “Yashil makon” tashabbusiga hissa qo’shish imkoniyati bor.

Hozirda Uztelecom hamda Mobiuz aloqa operatorlarining mobil ilovalari yoki Payme, Click va Zoomrad to‘lov tizimlari orqali bemalol daraxt ekish uchun “Yashil makon” xayriya aksiyasini qo'llab quvvatlashingiz mumkin.

Keling, birgalikda yurtimizni yanada Yashil bo’lishiga harakat qilaylik! 🌳

Mo‘jiza roʻy bersin - Bolalar uchun Yangi yil xayriya tadbiri!

JIDU Talabalar Kengashi IT-ta’lim uyushmasi link ko‘magida Sizni haqiqiy yangi yil mo‘jizasining bir qismi bo‘lishga taklif qiladi! Yilning sehrli faslida alohida g‘amxo‘rlikka muhtoj bo‘lgan bolalarga iliqlik va quvonch ulashish sizning qo‘lingizda.

Qanday yordam bera olasiz?

❤️ Bolalar uchun baxt keltiradigan narsalarni olib kelish:

Quyidagi narsalarni qabul qilamiz: 👞Issiq kiyim va poyabzal 🧸O‘yinchoqlar 📒Bolalar uchun kitoblar ✏️Oʻquv anjomlari 🎁Sovg‘alar, elektronika va boshqa foydali narsalar

💚Mablag‘ xayriya qilishingiz mumkin: -Oflayn: yig‘ish joyida -Onlayn: QR kodlar orqali, Zoomrad, PayMe, Click

📍JIDU, B bino, 1-qavat ⏰10:00-17:00 🗓️ 17-24 dekabr

IT Ta'lim Uyushmasi “Yulduz Tech Awards” sohiblariga 6 oy davomida Coursera platformasida bepul ta’lim olish imkonini beruvchi vaucherlar topshirdi

IT sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning mehnatiga munosib baho berish, ularni rag‘batlantirish, ularning yutuqlarini keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan ilk bor “Yulduz Tech Awards” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida IT Ta'lim Uyushmasi qoshida faoliyat olib borayotgan IT Ladies hamjamiyati tomonidan 2024-yil davomida faoliyatlari keng yoritilib, targ'ib qilingan xotin-qizlarimiz ham taqdirlandi (link).

Taqdirlanganlar orasida AyTI sohasida faoliyat yuritayotgan Professor-o'qituvchilar, dasturchilar, muhandislar, loyiha menejerlaridan tortib, frilansing sohasida yuqori natijalarni qayd etayotgan ayol va qizlarimiz bor.

Tadbir davomida 20 dan ortiq xotin-qizlar IT sohasidagi muvaffaqiyatlari uchun mukofotlandi. Ularga homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

IT Ta'lim Uyushmasi tomonidan qizlarning yutuqlarini rag'batlantirish maqsadida 6 oylik Coursera platformasida bepul ta’lim olish imkonini beruvchi vaucherlar taqdim etildi.

IT Ta’lim Uyushmasi barcha yetakchi kompaniyalarni IT sohasida xotin-qizlarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash tashabbuslariga qo‘shilishga chaqiradi. Bu tashabbus ayollarning texnologik imkoniyatlarini oshirish bilan birga, mamlakatimizning raqamli taraqqiyotini yanada jadallashtirishga xizmat qiladi.

Darvoqe, Coursera platformasiga quyidagi havola orqali o'tib, Google, Amazon, Meta, IBM va Microsoft kabi dunyoga mashur IT kompaniyalarning kurslarida tahsil olib, xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo'lish imkoniyati sizda ham bor: link

Dunyoning 19 ta davlatiga umuman pul sarflamay grant asosida o'qishga borgan qiz

Shahrizoda Isomitdinova Toshkentdagi Amity Universitetini Axborot texnologiyalari yo'nalishi bo'yicha tamomlab, hozirda Huawei kompaniyasida faoliyatini davom ettirmoqda.

U oilada 3 qiz farzandning to'ng'ichi. Shahrizoda Universitetda o'qish davri mobaynida qo'lga kiritgan grantlari orqali dunyoning 19 ta davlatida bo'lgan.

Shahrizoda insonnig hayotda kamolotga yetishida Oliy ta'limning o'rni muhim deb hisoblaydigan qizlarimizdan. "Imkoniyatlardan maksimal foydalanib, jamiyatimizga hissa qo'shishni, boshqa qiizlarimiz ham hech narsa ilojsiz emasligini ko'rishlarini hohlaganman. Texnologiyalar olamida qizlar kam va biz buni o'zgartirishimiz kerak" – deydi Shahrizoda.

To'liq intervyu ushbu havolada 👉 link

2024 IT taʼlim assotsiatsiyasi. Barcha huquqlar himoyalangan